Tishlarning salomatligini qanday saqlab qolish mumkin: HAYAT Kidsning bolalar tish shifokoridan maslahatlar
24.01.2022Sut tishlarini yaxshilab parvarishlash lozim. Ular vaqtincha, shuning uchun ularni davolashning hojati yo'q degan fikr noto'g'ri. Misol uchun, o'tkazib yuborilgan karies hatto milkda endi rivojlanib chiqayotgan jag tishlariga ham ta'sir etadi.
Hatto bir sut tishining tushib qolishi ham noto'g'ri tishlamga, yon tishlarga haddan ortiq og'irlik tushishiga va ularning noto'g'ri rivojlanishiga, shuningdek, nutq bilan muammolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sut tishlarini iloji boricha tabiiy ravishda almashmaguncha saqlab qolishga harakat qiling.
Farzandlaringizga tez-tez qattiq sabzavotlar va mevalar bering — ular milklarni uqalaydi, tishlarni kir qatlamlaridan tozalaydi hamda ovqat hazm qilishga ham foydali.
Aynan bolalar tish shifokori qabuliga boring — yosh bolalar bilan ishlash maxsus kasbiy va psixologik ko'nikmalarni talab qiladi. HAYAT Kidsda yosh bemorlar uchun alohida yondashuv — avvalambor shifokor yosh mehmonini qo'rquvlardan xalos etadi va tishlarni qanday to'g'ri parvarishlashni ko'rsatadi, so'ngra o'yin tarzida barcha kerakli muolajalarni o'tkazadi.